SEARCHED FOR:
SHAVKAT MIRZIYOYEV
-
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga
2022-06-27 893Avvalo, siz, azizlarni, soha rivojiga bugun ham munosib hissa qo‘shib kelayotgan muhtaram faxriylarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor qilaman.
Biz ommaviy axborot vositalari xodimlari timsolida o‘zining chuqur bilim va tajribasi, noyob iste’dod va mahoratini xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlarning ongu tafakkurini yuksaltirish, jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash, global axborot makonida milliy manfaatlarimizni himoya qilishdek olijanob ishlarga bag‘ishlagan jonkuyar va zahmatkash insonlarni ko‘ramiz. -
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "BRIKS plyus” formatidagi Global taraqqiyot masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotdagi nutqi
2022-06-25 850Hamkasblarimning so‘zlariga mamnuniyat bilan qo‘shilaman va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Janobi Oliylariga global taraqqiyot masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotni o‘tkazish tashabbusi va unda ishtirok etishga taklif etgani uchun chuqur minnatdorlik izhor etaman.
Bugun “BRIKS plyus” formatidagi muloqotning Barqaror rivojlanish kun tartibini ilgari surishda inklyuziv sheriklik uchun zarur platforma sifatida alohida ahamiyatga ega ekani haqida bildirilgan fikr-mulohazalarga to‘liq qo‘shilaman.
-
Ўзбекистон Президенти Барқарор ривожланиш мақсадларига эришишда кенг кўламли халқаро ҳамкорликка чақирди
2022-06-24 812Хитой томони раислигида ўтган онлайн форумда дунёнинг 18 мамлакатидан давлат ва ҳукумат раҳбарлари қатнашди. Ўзбекистон ва Хитой етакчилари билан бир қаторда Аргентина Президенти Альберто Фернандес, Индонезия Президенти Жоко Видодо, Жазоир Президенти Абдулмажид Таббун, Жанубий Африка Республикаси Президенти Сирил Рамафоса, Миср Президенти Абдулфаттоҳ ас-Сиси, Россия Президенти Владимир Путин, Эрон Президенти Иброҳим Раисий, Қозоғистон Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев, Ҳиндистон Бош вазири Нарендра Моди, Бразилия вице-президенти Гамильтон Моурау, шунингдек, Камбоджа, Малайзия, Таиланд, Фиджи ва Эфиопия ҳукуматлари раҳбарлари иштирок этди.
-
Ўзбекистон Президенти: Ҳар бир ҳоким, вазир, барча даражадаги раҳбарлар шахсий намуна кўрсатиб, ўз уйи, ишхонасида муқобил энергия ускунасини ўрнатиши зарур
2022-06-11 681Давлатимиз раҳбари матбуот хизмати маълумотига кўра, мамлакатимизда инсон қадрини улуғлаш барча ишларда устувор тамойил этиб белгиланган. Одамларнинг яхши яшаши учун энг зарур манбалардан бири эса - энергия. Сўнгги йиллардаги ислоҳотлар натижасида бу соҳадаги узилишлар анча камайди. Лекин, куз-қиш мавсумида аҳолининг энергияга бўлган эҳтиёжи кескин ошиши сабабли барча оғирлик электр тармоқларига тушмоқда.
-
O‘zbekiston Prezidenti va BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishini muhokama qildilar
2022-06-08 6698-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jahonning bosh halqaro tashkiloti delegatsiyasi tarkibida uchrashuvda BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbari Olga Algayerova va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana ham ishtirok etdi.
-
O‘zbekiston Prezidenti YEXHTning amaldagi raisini qabul qildi
2022-06-03 660Keyingi yillarda YEXHT bilan sheriklikda sifat jihatidan yangi darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tashkilot faoliyatining uchchala yo‘nalishida ham ochiq va samarali muloqot yo‘lga qo‘yilgani, yuqori darajada faol muloqot va almashinuvlar amalga oshirilayotgani, qabul qilingan “yo‘l xaritasi”ga muvofiq qo‘shma tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgani bunga dalolat bermoqda.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqi
2022-06-28 684Хурматли Садир Нургойевич!
Хурматли делегациялар рахбарлари!
Олий Евроосийо иктисодий кенгаши йигъилишининг барча иштирокчиларини кутлашдан мамнунман.
Хамкасбларимнинг со'зларига ко'шилган холда, хурматли Садир Нургойевичга ушбу учрашувимизни ташкил этгани учун миннатдорлик билдирмокчиман.
-
O‘zbekiston Prezidenti ShHT Bosh kotibini qabul qildi
2022-05-16 630Davlatimiz rahbari matbuot xizmatining maʼlumotiga ko‘ra, ShHT doirasida amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonning Tashkilotga raisligi davridagi asosiy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.
Joriy yil uchun rejalashtirilgan uchrashuv va yig‘ilishlarning yarmi muvaffaqiyatli o‘tkazib bo‘lingani mamnuniyat bilan qayd etildi. Samarqand shahrida bo‘lajak ShHT sammiti hujjatlarini kelishish borasida faol ish olib borilmoqda.
-
Shavkat Mirziyoyev mebelsozlik majmuasini borib ko‘rdi
2022-05-13 847Majmuada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ichki bozordan tashqari Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘izistonga eksport qilish rejalashtirilgan. Majmua to‘liq ishga tushgach, 3 ming 700 dan ziyod kishining bandligi ta’minlanishi mo‘ljallangan.
-
Шавкат Мирзиёев: Қаҳрамон ота-боболаримиз жасорати олдида таъзим қиламиз
2022-05-09 864Бу мажмуа Иккинчи жаҳон урушида беш ўғлидан айрилган Зулфия ая Зокирова, унинг садоқатли келинлари ва етим қолган набиралари хотирасига бағишлаб барпо этилган. У халқимизнинг урушдаги йўқотишлари, тинчлик учун кураши тимсоли сифатида боғ марказидан ўрин олган. Шу маънода “Матонат мадҳияси” урушда ўз боласидан, ўз ёридан жудо бўлган барча оналар, барча аёллар шарафига ўрнатилган муаззам обидадир.