SEARCHED FOR:
SHAVKAT MIRZIYOYEV
-
Shavkat Mirziyoyev: Qirg‘iziston bizning muhim strategik hamkorimiz, eng yaqin qo‘shnimiz va vaqt bilan sinalgan do‘stimizdir
2023-01-27 1015Tomonlar oxirgi ikki yilda o‘zaro munosabatlarni mutlaqo yangi darajaga olib chiqishga erishgani ta’kidlandi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining delimitatsiyasi yakuniga yetkazilgani esa tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi.
Muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston rahbari keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi yetti barobarga ko‘payganini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘tgan yilning o‘zida tovar ayirboshlash 30 foizga oshib, 1,3 milliard dollarga yetdi.
-
O‘zbekiston Prezidenti Bishkekka keldi
2023-01-26 1038O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga keldi.
Ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Manas” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.
-
Ўзбекистон Президенти давлат ташрифи билан Қирғизистонда бўлади
2023-01-24 839Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаровнинг таклифига биноан 26-27 январь кунлари давлат ташрифи билан Қирғизистонда бўлади.
Икки мамлакат етакчиларининг учрашувлари Бишкек шаҳрида бўлиб ўтади.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Global Janub ovozi” onlayn-sammitidagi nutqi
2023-01-12 859“Global Janub ovozi” sammitining barcha ishtirokchilarini samimiy qutlashdan g‘oyat mamnunman.
Hindiston Bosh vaziri, hurmatli Modi janoblariga “Inson manfaatlariga yo‘naltirilgan taraqqiyot” mavzusidagi bugungi muloqotimizni o‘tkazish tashabbusi uchun bildirilgan hamma minnatdorchilik so‘zlariga to‘liq qo‘shilaman.
Ushbu forum Hindistonning “Dunyo – yagona oila” umumbashariy g‘oyasiga sodiq qolayotganidan yaqqol dalolat beradi.
Ishonchim komilki, ushbu tadbirimiz xalqaro miqyosda nufuzi, iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyati tobora yuksalib borayotgan Hindistonning “Katta yigirmatalik”dagi raisligi muvaffaqiyatli o‘tishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
-
O‘zbekiston Prezidenti rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi
2023-01-12 863O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 yanvar kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi raisligida onlayn shaklda o‘tkazilgan “Global Janub ovozi” sammiti yalpi majlisida nutq so‘zladi.
Hindistonning “Katta yigirmatalik”ka (G20) raisligi doirasida tashkil etilgan tadbirda Vetnam Respublikasi Prezidenti Nguyen Suan Fuk, Gayana Respublikasi Prezidenti Muhammad Irfon Ali, Mozambik Respublikasi Prezidenti Filipe Nyusi, Senegal Respublikasi Prezidenti Maki Sall, Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri Shayx Xasina, Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene, Tailand Qirolligi Bosh vaziri Prayut Chan Ocha, Kambodja Qirolligi Bosh vaziri Xun Sen va Papua - Yangi Gvineya Mustaqil Davlati Bosh vaziri Jeyms Marape qatnashdi.
-
Shavkat Mirziyoyev: Maktablarimizga mutlaqo yangi muhit va sifat kirib kelishi kerak
2022-12-29 833Shavkat Mirziyoyev prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridayoq yurtimizdagi muammolardan biri sifatida kadrlar masalasini ko‘rsatgan edi. So‘nggi yillarda qaysi sohada islohotlar, ulkan loyihalar bo‘lmasin, albatta, unga mos mutaxassislar tayyorlash ham kun tartibiga chiqadi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi
2022-12-26 830Sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.
-
Шавкат Мирзиёев: Қозоғистон бизнинг энг яқин ва ишончли ҳамкоримиз
2022-12-22 823Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев тор доирада музокара ўтказдилар.
Учрашув аввалида Ўзбекистон раҳбари қозоғистонлик ҳамкасби ва кўп миллатли Қозоғистон халқини 16 декабрь куни нишонланган Мустақиллик куни билан самимий табриклади.
Етакчилар ушбу музокаралар Ўзбекистон-Қозоғистон стратегик шериклик ва иттифоқчилик муносабатлари ривожига янги кучли суръат бағишлашига ишонч билдирдилар.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi
2022-12-21 823Jonajon O‘zbekistonimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda.
Behisob shukur, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qo‘shilmoqda.
O‘zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a’zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo‘lida tinimsiz izlanyapmiz.
-
O‘zbekiston Prezidenti Vengriya biznesi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi
2022-12-12 790O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni Vengriyaning eng yirik “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.
Oliy darajadagi muntazam uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq Vengriya kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari Shandor Chanini “Ipoteka-bank” aksiyalarining davlat ulushini xarid qilish bo‘yicha bitim muvaffaqiyatli yakuniga yetkazilgani va Yevropaning yetakchi bank-moliya instituti O‘zbekiston bozoriga kirib kelgani bilan samimiy tabrikladi.