SEARCHED FOR:
SHAVKAT MIRZIYOYEV
-
O‘zbekiston Prezidenti madaniyat va san’at sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
2022-04-16 568Madaniyat va san’at sohasining zahmatkash va fidoyi vakillari!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni mamlakatimizda ilk bor nishonlanayotgan qutlug‘ ayyom – Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va samimiy tilaklarimni izhor etaman. -
O‘zbekiston Prezidenti ichki yo‘llarni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekish, davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
2022-04-08 562Davlatimiz rahbari bu uchala vazifa ham inson qadri, xalq roziligi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi.
Haqiqatan, ichki yo‘llar ahvoli odamlarni eng ko‘p qiynaydigan muammo. Yaqinda “Tashabbusli budjet” portali orqali aholidan tushgan 20 mingta taklif yoki jami murojaatlarning 25 foizi shu masalaga oid bo‘lgani uning dolzarbligidan dalolat beradi.
-
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqi
2022-03-25 740Ushbu ko‘hna zamindan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, dunyoviy va diniy ilmlarning ulug‘ namoyandalari bugungi kunda ham butun insoniyatga xizmat qilayotgan noyob kashfiyot va bebaho asarlar yaratib, ularni jahon ahliga meros qilib qoldirganlar. Misol uchun, hozirgi davrda ham dolzarb bo‘lgan “karantin” tushunchasini Yevropada “Avitsenna” nomi bilan tanilgan ajdodimiz, buyuk shifokor Abu Ali ibn Sino bundan ming yil muqaddam birinchi bo‘lib amaliyotga joriy qilgani tarixdan yaxshi ma’lum.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqi
2022-03-21 737Biz bahor, yasharish va yangilanish fasli – Navro‘zi olamni hamisha orziqib, intizorlik bilan kutamiz.
Ammo, bu galgi sog‘inchimiz cheksiz, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham mening fikrimga qo‘shilasiz.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda so‘zlagan nutqi
2022-03-18 724El-yurtimiz azaldan shifokorlarni inson salomatligini asrashdek ezgu va savobli ishga butun borlig‘ini bag‘ishlagan fidoyi zotlar, deb biladi va hamisha qadrlaydi. Chunki odamlar sizlarga o‘zlarining eng bebaho boyliklarini – hayotlarini ishonib topshiradi. Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sinoning: “Inson dardiga darmon bo‘lmoq – olijanoblikning eng yuksak namunasidir”, degan so‘zlari ham bu fikrni tasdiqlaydi.
-
Shavkat Mirziyoyev: Mahalla - davlatning zamini
2022-02-18 731Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi Do‘stlik mahallasi hayoti bilan tanishdi.
Bu yerda 11 ta ko‘p qavatli uy bo‘lib, 4 ming nafardan ziyod aholi yashaydi. Mahalla hududida kasb-hunar kolleji, maktabgacha ta’lim muassasasi, dorixonalar, do‘kon va maishiy xizmat shoxobchalari bor.
Ilgari bu yer biroz e’tibordan chetda qolgan edi. O‘tgan yili “Obod mahalla” dasturi doirasida hudud obodonlashtirildi. Bolalar o‘yingohi, sport maydonchasi, savdo va kasanachilik do‘konlari barpo etildi.
-
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi
2022-02-11 530Davlatimiz rahbari majmua qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda qariyb 10 ming namozxonga mo‘ljallangan masjid, to‘rtta minora, ayvonlar barpo etilmoqda.
Maqbaraning o‘ng tomonida, yerostida galereya qurilmoqda. Bu yerda ziyoratchilar alloma qabrini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maqbara naqqoshlik va xattotlik san’ati asosida sayqallanadi. Uning devorlariga qadimiy uslubda Qur’oni karim suralari va hadislar yoziladi.
-
Shavkat Mirziyoyev Pekinga keldi
2022-02-04 757O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekin shahriga tashrif buyurdi.
-
Shavkat Mirziyoyev: Har bir mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy markazi boʻlishi kerak
2022-01-31 735Mutasaddilar avvalgi topshiriqlarga muvofiq, bu borada mahalla va maktablardagi sharoitlar oʻrganilgani haqida axborot berdi. Qayd etilganidek, yurtimizdagi 9 ming 309 ta mahalladan 763 tasida sport obyekti, 6 mingdan ortigʻida kutubxona yoʻq. Shuningdek, 10 ming 130 ta maktabdan 2 mingdan ziyodida sport zali, 22 tasida kutubxona majud emas.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitidagi nutqi
2022-01-28 693Hurmatli Hindiston Bosh vaziri tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro quyosh alyansiga qo‘shilish niyatidamiz.
“Yashil” energetika sohasidagi mintaqaviy hamkorlik masalalarini joriy yil sentyabr oyida Orolbo‘yida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida o‘tkaziladigan xalqaro forumda batafsil muhokama qilishni taklif qilamiz.