SEARCHED FOR:
SHAVKAT MIRZIYOYEV
-
Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi
2021-10-08 497Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати — Ўзбекистон Либерал-демократик партиясидан Ўзбекистон Республикаси Президентлигига кўрсатилган номзод Шавкат Миромонович Мирзиёевнинг сайловолди дастури ҳисобланган “Янги Ўзбекистон стратегияси” китобида инсон манфаатлари — жамики иқтисодий ислоҳотларнинг негизи, асос-моҳиятини ташкил этиши белгиланган.
-
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi yo‘lladi
2021-09-30 499Ushbu qutlug‘ ayyomda siz, zahmatkash ustozlarga ko‘nglimizda, yuragimizda bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni so‘z bilan to‘liq ifoda etish qiyin, albatta. Chunki sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga bezavol yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz. Bu ulkan boylik – aql-zakovat va ilm, bu o‘lmas meros – yaxshi tarbiyadir.
-
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi
2021-09-29 498Sharq darvozasi, azim Toshkent shahriga, qadimiy va betakror O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz!
Bugungi global dunyoda eng ommaviy va taʼsirchan sanʼat turi bo‘lmish kinoning yer yuzidagi turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro yaqinlashtirish, tinchlik, do‘stlik va gumanizm g‘oyalarini targ‘ib etish borasidagi o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi
2021-09-22 506Avvalambor, Antoniu Guterrish janoblarini Bosh kotib lavozimiga qayta saylangani bilan samimiy qutlayman.
Bugun insoniyat o‘z taraqqiyot yo‘lining tub burilish davrini boshidan kechirmoqda, xalqaro munosabatlarning tabiati keskin o‘zgarmoqda.
Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga transmilliy tahdidlar tobora kuchaymoqda, iqlim jadal o‘zgarmoqda, ommaviy migratsiya oqimlari ko‘paymoqda, an’anaviy qadriyatlar zavol topmoqda.
-
МОХИ эксперти: Президент Шавкат Мирзиёев ташаббуслари ШҲТ мамлакатларида саноат кооперациясининг янги моделини шакллантиришга ва инновацияларни ривожлантиришга ёрдам беради
2021-09-21 499Саноат кооперацияси марказларини ташкил этиш бўйича янги ташаббус мантиқан "Саноат кооперациясини рағбатлантириш дастури"ни амалга ошириш механизми бўлиб хизмат қилади.
Бугунги кунда бутун дунёда саноат кооперацияси ишлаб чиқариш соҳасида кучларни бирлаштиришнинг энг самарали шаклларидан бири сифатида эътироф этилган ва нафақат даромад олиш, балки жаҳон миқёсидаги кучли рақобатга дош беришга имкон беради.
-
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi
2021-09-18 484Xususan, davlat boshqaruvida afg‘on jamiyatining barcha qatlamlaridan keng siyosiy vakillikka erishish; mintaqada ekstremizmning ko‘payishiga va radikal mafkura eksportiga, Afg‘oniston hududidan qo‘shni davlatlarga qarshi buzg‘unchi harakatlar uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik; insonning, shu jumladan xotin-qizlar va milliy ozchiliklarning asosiy huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash; keng ko‘lamli gumanitar inqiroz, qochoqlar oqimining o‘sishining oldini olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda ushbu mamlakatga ko‘makni davom ettirish muhimdir.
-
O‘zbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi
2021-09-16 523Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasida ushbu Forumni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganlari uchun Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblariga va Forumni hamkorlikda tashkil etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatgan YUNESKO bosh direktori Odri Azule xonimga alohida minnatdorchiligimni bildiraman.
-
O‘zbekiston Prezidenti: Qadimiy O‘zbekiston – yaʼni Movarounnahr diyori islom dunyosining yuksak madaniyati va sivilizatsiyasi rivojiga unutilmas hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlar yurtidir
2021-09-02 491Qadimiy O‘zbekiston – yaʼni, Movarounnahr diyori islom dunyosining yuksak madaniyati va sivilizatsiyasi rivojiga unutilmas hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlar yurtidir.
Buxorolik buyuk ulamo – imom Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy va uning butun dunyoga tanilgan shogirdlari, imom Al-Buxoriy va imom At-Termiziy asarlarining islom falsafasi ilmiy-nazariy asoslarini yaratishdagi ahamiyati beqiyosdir.
-
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
2021-08-31 497Bugun yurtimizda ulug‘ bayram, katta tantana. Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi jonajon Vatanimiz istiqlolining shonli o‘ttiz yillik to‘yini zo‘r shodu xurramlik bilan nishonlamoqda.
“Yangi O‘zbekiston” deb nom olgan mana shu muazzam bog‘da biz bugun birinchi marta Mustaqillik bayramini o‘tkazmoqdamiz.
-
O‘zbekiston Prezidenti KXSHTning Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etdi
2021-08-23 484Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan yig‘ilishda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas qatnashdi.